30 iyu 12:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshua va Uayt o'rtasida revansh jangi tashkil etilishi mumkin
Super og'ir vazn toifasida sobiq jahon chempion britaniyalik Entoni Joshua va uning hamyurti Dillian Uayt o'rtasida revansh jangi tashkil etilishi mumkin.
Avvalroq, Joshuaning potencial raqibi jang uchun shartnoma olgan. SHundan so'ng u shartnomada revansh jangi haqida band mavjudligidan noroziligini bildirgan edi.
Sky Sports xabariga ko'ra, hozirgi vaziyatda Joshua kelishuvdan yana jang o'tkazish variantini olib tashlashga rozi bo'lgan.
Hozirda jamoalar 12 avgust kuni bo'lib o'tishi mumkin bo'lgan jangni tashkillashtirish bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Eslatib o'tamiz, bokschilar 2015 yilning dekabr oyida ringda to'qnash kelishgan. Joshua ettinchi raundda Uaytni nokautga uchratib g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar