10 avg 11:18
Yangiliklar
Joshua Xeleniusni nokaut qilmoqchi
"Bunday holat 2019 yildan buyon ilk marta takrorlanmoqda. O'shanda bir yilda bir necha jang o'tkazganman. Bu istalgan bokschi uchun yaxshi holat emas. Biroq bu bekorchilikdan ko'ra yaxshiroq.
Mening Jermeyn Franklinga qarshi bo'lgan so'nggi jangimni tomosha qilib chiqing. Balki bu u darajada yorqin o'tmagandir, raqibni nokaut qila olmadim, biroq umuman olganda yana faollik ko'rsata olyapman. Yilda bir marta ringga chiqish seni juda yumshoq qilib qo'yadi. Sen endi o'zingni oldingidek chidamli his qila olmasliging mumkin. Balki shu sabablidir, yana chaqiruv tashladim. Bu men uchun ham yaxshi bo'ladi.
Agarda bu jangda o'zim istagandek g'olib bo'lsam, bu menga ishonch taqdim qiladi. Men huddi jangchi kabi jang maydonida g'alaba qozonishim kerak. O'z orzularim ichida yashamoqdaman.
Umil qilamanki, o'zimning uslubimni namoyish qila olaman va nokaut bilan g'alabaga erishaman. O'zimga ishonyapman", - dedi Joshua.
Fikrlar