30 dek 12:58
Yangiliklar
Joshuaning kechagi baxtsiz hodisadan keyingi holati haqida malumot berildi
"Entoni Joshua va yana bir yo'lovchi darhol Lagosdagi ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasaga evakuaciya qilindi. Keng qamrovli klinik tekshiruvdan so'ng shifokorlar ikkala bemorning ham ahvoli barqaror va shoshilinch tibbiy aralashuvga muhtoj emasligini tasdiqlashdi. Maxsus tibbiy guruh tuzilgan, jarohatlanganlar nazorat ostida", deyiladi BBC tomonidan keltirilgan bayonotda.

Avvalroq xabar qilinishicha, baxtsiz hodisa Lagos - Ibadan avtomagistralida sodir bo'lgan, o'shanda Joshua o'tirgan Lexus rusumli avtomobil to'xtab turgan yuk mashinasi bilan to'qnashgan. Natijada mashinaning old tomonida o'tirgan ikki kishi halok bo'lgandi. Orqa o'rindiqda o'tirgan Joshua baxtli tasodif tufayli omon qolgandi. Vafot etganlar Entonining shaxsiy murabbiylari edi.

Fikrlar