So’nggi yangiliklar

07:30U23 ёш тоифасидаги курашчиларимиз Осиё чемпионатида 15 та медаль жамғаришди 0 01:29"Ролан Гаррос-2026". Камилла Раҳимова дунёнинг 10-ракеткасига қарши кортга чиқди 0 21:23"Мағлубият пайти фақат яқин инсонларинг бўлади" — Шаҳрам Ғиёсов 0 20:29Армрестлинг спорт тури янги босқичга кўтарилмоқда 0 19:35"Босимни унутинг, завқ олинг!" — Чилилик эксперт мундиалда Ўзбекистондан нима кутмоқда? 0 18:50Фрэнк Санчес The Ring рейтингида юқорилади 0 18:24Тахмина Икромова яна бир карра Осиё чемпионлигини қўлга киритди 0 17:59Жек Кеттерол фарзандининг вафотидан кейин ҳам таслим бўлмагани учун Шаҳрам Ғиёсовга ҳурмат билдирди 0 17:28"Барселона" "янги Неймар" учун 20 млн евро тўлаши мумкин — AS 0 17:03Кишинёв Челленжери. Фоминни илк даврадаёқ тўхтатишди 0 16:39"Конор UFC'дан кетиш жараёнини тезлаштирмоқчи" - эксперт 0 15:15PFL Усман Нурмагомедовнинг навбатдаги жангини анонс қилди 0 14:30Хави "Милан"да Аллегри ўрнини эгаллаши мумкин 0 13:49"Шу жангни ютсам, ТОП-10'га кираман" - Рамазон Темиров 0 12:36"У сўзида турмади". Бетербиев Бивол ҳақида гапирди 0

25 noy 07:52
Yangiliklar

Boks/MMA

"Joshuaning mag'lubiyatiga murabbiylar sababchi deb o'ylamayman"

Teglar :  Devid Xey
Devid Xey ukrainalikning sof g'alabasiga ishonadi.

Sobiq jahon chempioni Devid Xey og'ir vazn toifasida WBA IBF WBO va IBO yo'nalishlari chempioni Aleksandr Usikga qarshi revansh jangi oldidan Entoni Joshua murabbiyini o'zgartirishi kerak emasligi haqida gapirdi.

«Menimcha, Joshuaga yangi murabbiy kerak emas. Uning Usikdan mag'lub bo'lishiga murabbiylar yoki jismoniy holati bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar sababchi bo'lganiga shubha qilaman. Menimcha, hammasi niyatga bog'liq. U Usikni nokautga uchratish niyatida emasdek tuyildi. Joshua hisob orqali g'alaba qozonishga harakat qildi. 

Bu uning oldingi janglarida yaxshi samara bergan. Joshua Pulev bilan jang qilganida juda kuchli zarba bilan uni nokautga uchratgan edi. Bungacha Endi Ruiz bilan revansh jangi bo'lib o'tgandi. Ehtimol, Joshua shunchaki boks qilish rejimiga o'tgandir.

Joshuaning havaskor boksdagi faoliyati qisqa bo'lsada, juda yuqori darajada edi. U boksga kelganidan so'ng qisqa vaqt ichida Jahon chempionati finalida jang qildi.

Joshuaning faoliyati juda muvaffaqiyatli va o'zini uzoq masofali bokschi sifatida namoyon qildi. Ehtimol, u uzoq masofadan boks tushish kerak deb hisoblar. Bazan bu o'zini oqlaydi, lekin bazi raqiblar bilan harakatlarini o'zgartirishi kerak », dedi Xey iFL TV bilan intervyuda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing