08 sen 08:25
Yangiliklar

Joshuaning murabbiyi Usik - Fyuri jangida kim g'alaba qozonishini aytdi
"Usik Fyuriga muammo tug'diradi. Lekin, menimcha Tayson g'alaba qozonish yo'lini topadi. U juda katta, baland bo'yli va qo'llari uzun. SHaxsan men Usik Fyurini mag'lub etishini tasavvur qila olmayman. Bu jang superog'ir vaznni juda qiziq qiladi" — dedi Fernandes talkSPORTʼga bergan intervyusida.
Fernandesning so'zlariga ko'ra, Entoni Joshua Tayson Fyuri bilan jang qilmoqchi.
"Joshua qaytadi va umid qilamanki Tayson Fyuri bilan jang qiladi. Kim bilsin balki Usik bilan uchinchi jang hammasiga yakun yasar. Menimcha, jamoa ehtimoliy raqiblar nomini elon qilguncha kutish kerak. Bizda yana bitta jang bor, raqib kuchli o'ntalikdan bo'lishi shart. Joshua ko'p narsalarni o'rganishi kerak. U ikki yoki uchta jang o'tkazadi", — deya qo'shimcha qildi Fernandes.
Avvalroq, Usik - Fyuri jangi qachon, qaerda o'tkazilishi haqida malumot bergan edik.
Fikrlar