13 sen 19:25
Yangiliklar

Joshuaning murabbiyi Usikka qarshi trilogiya haqida gapirdi
Anxel Fernandesning so'zlariga ko'ra, jang tashkil etiladigan bo'lsa britaniyalik bokschi g'alaba qozonadi.
"Uchinchi jangda Joshua albatta Usikni mag'lub etadi. Joshua ko'p narsani tushuna boshladi. Biz faqat o'zimizga etibor qaratishimiz kerak va Joshua tiklanishi kerak. Umid qilamanki, yil oxirida uning Fyuri bilan jangini ko'ramiz, yoki bo'lmasam Usikka qarshi yana bir jangni. Endi Ruizga qarshi yana bir jangni ham ko'rish mumkin edi. Xullas, Entoni uchun juda ko'p ajoyib janglar bor.
Jang natijasi bizni xafa qiladi. Ha, bizda biroz o'sish bor edi. Lekin, har doim o'zimga nisbatan talabchanman. Hammamiz faqat g'alabani xohlagan edik. Umuman olganda, hafsalamiz pir bo'ldi. Tushunishingiz kerak, agar jang to'qqizinchi raundda yakunlanganida g'alaba qozongan bo'lardik. Aslida biz oldinda edik", - deya Fernandesning so'zlarini keltiradi BoxingScene.
Fikrlar