18 okt 11:12
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshuaning promouteri Uaylder bilan jangning ehtimoliy muddatini aytdi
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaning promouteri Eddi Xirn mijozining Deontey Uaylder bilan ehtimoliy jangi haqida gapirdi.
Britaniyalik bokschining vakili Joshua ushbu jangni o'tkazishni astoydil istayotganini aytdi. SHuningdek, jang 2024 yilning bahor oyiga tashkillashtirilishi mumkinligini bildirdi.
"Joshua rostdan ham mehnat qilyapti. IBF bilan istalgan holat bo'lishi mumkin. Voqeyliklarni kuzatib borishimiz kerak. Menimcha, ular dekabr yoki yanvar oyida jang qilmoqchi.
Lekin jang mart yoki aprel oyidan ertaroq bo'lmaydi. Entoni lagerga qaytib, dekabr oyida jang o'tkazishni so'radi. Ko'ramiz, balki yanvarda ham ushbu jang bo'lib qolishi mumkin", - dedi Xirn.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar