So’nggi yangiliklar

21:33Ёзги Универсиада: Ҳисобимизда 1 та олтин ва 2 та бронза медаллари! 0 19:14"Пол Жошуани нокаут қилади" - Тайсон Фьюри 0 18:51Хабиб ҳалиям жангларга қайтиш таклифлари бўлаётганини айтди 0 18:26Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди 0 18:01Бир ўлиб тирилган Бен Аскрен касалхонадан чиқди 0 17:40"Ҳумо"нинг россиялик собиқ матбуот котиби: "Клуб янги мавсумни ўтказиб юбориши 3 ой олдин аниқ бўлганди, лекин..." 0 17:19Иржи Прохазка ва Халил Раунтри UFC 320 турнирида жанг қилади 0 16:57Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди 0 16:40Богдан Гусков: "Мен доимо тўлиқ уч раундга тайёргарлик кўраман" 0 16:32Хабиб агар Махачев Делла Маддаленани ютса, кейинги рақиб ким бўлишини айтди 0 16:10Рейтинги йўқ 45 ёшли Винус Уильямс 21 йиллик рекордни такрорлади 0 15:48Анкалаев: "Бу сафар Перейрани нокаут қиламан" 0 15:22МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди 0 15:01Макс Холлоуэй енгил вазн рейтингида кучли тўртликка кириб олди 0 14:41Хабиб Нурмагомедов айни дамдаги энг яхши оғир вазнли ММА жангчиси ким эканини айтди 0

29 dek 09:14
Yangiliklar

Boks/MMA, Qiziqarli!

Joshuaning qulashi, Kovalyovdan kambek, chempion Pakyao va yilning eng qiziqarli TOP-7 jangi va boshqalar

Joriy 2019 yil ham o'z yakuniga sari tobora yaqinlashmoqda va tabiiyki, mavsum ko'plab qiziqarli hamda shiddatli janglarga boy bo'ldi.

Etiboringizga yilning eng qiziqarli TOP-7 jangini havla qilamiz.

7. Saul Alvares – Deniel Jeykobs

Saul Gennadiy Golovkinni mag'lub etganidan so'ng o'rta vazn toifasida unga raqib qolmagandek edi. Lekin meksikalikka IBF kamari sohibi Deniel Jeykobs “vyzov” tashladi. Kanelo esa ikkilanmasdan bu jangga roziligini berdi. Jang 4 may kuni bo'lib o'tdi. Ushbu bahs boshida Jeykobs raqibiga nisbatan ancha yaxshi harakat qildi. Uning harakatlaridan jangni iloji boricha tezroq yakunlash niyatida ekanligi ko'ringan edi. Ammo, jangning ikkinchi qismida meksikalik o'z ustunligini ko'rsatdi va birin-ketin raqibiga kuchli zarbalar yo'lladi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahs to'liq o'n ikki raund davom etdi. Saul hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozondi.


6. Entoni Joshua – Endi Ruis

Yilning eng kutilmagan natijasi 2019 yilning 1 iyun sanasida ro'y berdi. Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelgan Entoni Joshua do'mboq meksikalik Endi Ruisga qarshi ringga ko'tarildi. Jangning boshlanishi kutilganidek Entonining bosimi ostida o'tdi. Uchinchi raundda Entoni raqibini nokdaun holatiga ham tushirdi va barchasi ko'ngildagidek ketayotgandek edi, lekin... Uchinchi raundning o'zidayoq Joshua ikki marta nokdaun holatiga tushdi. Ettinchi raundda esa butunlay taslim bo'ldi. SHu tariqa snikers shokoladlar ishqibozi kutilmaganda to'rtta kamar sohibiga aylandi.


5. Menni Pakyao – Kit Turman

2019 yil. 20 iyul. Las-Vegas. Uzoq kutilgan boks kechasi. Oqshomning markaziy jangida afsonaviy Menni Pakyao WBA kamari sohibi Kit Turmanga qarshi ringga ko'tarildi. Jangdan avval ko'pchilik mutaxassislar va muxlislar Turmanning g'alabasini bashorat qilishdi. Ammo, Menni barcha bashoratlarni yo'qqa chiqardi. U jangni boshidan to oxiriga qadar ringda birinchi raqamli bokschi bo'lib harakat qildi. 40 yosh bo'lishiga qaramay o'zidan ancha yosh va tetik raqibidan ancha kuchliroq ko'rindi. Har bir raundda Pakyao o'z ustunligini namoyish etdi. Amerikalik jang davomida nimalarnidir o'zgartirishga harakat qildi, lekin barchasini Menni barbod qildi. To'liq o'n ikki raund davom etgan bahsda hakamlar g'alabani filippinlik bokschiga taqdim etishdi. SHu tariqa, Menni Pakyao yana bir bor jahon chempioniga aylandi.



4. Sergey Kovalyov – Entoni Yard

Yozning so'nggi kunlarida Rossiyada navbatdagi chempionlik jangi bo'lib o'tdi. Oqshomning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida WBO kamari sohibi Sergey Kovalev Entoni Yardga qarshi ringga ko'tarildi. Jangning boshida Sergey ancha ishonchli harakat qildi, Yardning harakatlaridan biroz ehtiyotkorlikni ko'rish mumkin edi. Uchinchi raunddan so'ng Yard ringga va raqibga ancha moslashdi. U birin-ketin kuchli zarbalar berishda davom etdi. Jangning sakkizinchi raundi rossiyalik uchun yakun bo'lishi mumkin edi. Lekin Sergey yiqilmadi. Jang borgan sari Yardning g'alabasi tomon ketayotgan edi. Lekin kutilmaganda jangning o'n birinchi raundida Kovalyov raqibiga daxshatli zarba yo'lladi, bu esa Yardni ringga qulashiga etarli bo'ldi.



3. Gennadiy Golovkin – Sergey Derevyanchenko

Oktyabr oyida o'rta vazn toifasida vakant bo'lib turgan IBF kamari uchun qozog'istonlik sobiq chempion Gennadiy Golovkin ukrainalik Sergey Derevyanchenkoga qarshi ringga chiqdi. Sobiq chempion jangni ancha ishonchli boshladi va raqibiga bir nechta kuchli zarbalar yo'lladi. Lekin jangning ikkinchi qismida Sergey raqibiga nisbatan ko'proq va kuchliroq zarbalar berishni boshladi. Derevyanchenko Gennadiyning tanasining barcha qismlariga kuchli zarbalar yo'lladi. Ko'pchilik jangda Sergey Derevyanchenko g'alaba qozongan deb o'ylagan bir vaqtda, hakamlar kutilmaganda Gennadiyning g'alabasini elon qilishdi. SHu tariqa, Gennadiy Golovkin IBF kamariga ega bo'ldi. Lekin hali ham hakamlarning chiqargan natijasidan juda ko'pchilik mutaxassislar norozi.



2. Naoya Inoue – Nonito Doneyr

7 noyabr kuni Yaponiyada Superseriyaning final jangi bo'lib o'tdi. Finalda Naoya Inoue Nonito Donerga qarshi ringga ko'tarildi. Jang autsayderi so'zsiz Nonito Doner edi. Jangning boshidan Naoya raqibini yanchib tashlashni boshladi. Lekin qariya yiqilmadi. U raqibiga qarshi mardonavor jang qilishni boshladi. Nonitoning kuchi o'ninchi raundga kelganda deyarli qolmadi. O'n birinchi raundda esa yaponiyalik bokschi raqibini nokaut qilish ham mumkin edi, ammo buni uddalay olmadi. Jang to'liq o'n ikki raund davom etdi. Bahsda Inoue hakamlarning qarori evaziga g'alaba qozondi.



1. Artur Beterbiev – Aleksandr Gvozdik

18 oktyabr sanasida juda uzoq kutilgan boks oqshomi bo'lib o'tdi. Kechaning markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida WBC hamda IBF chempionlari Artur Beterbiev va Aleksandr Gvozdik ringga chiqishdi. Jang avvalida juda ko'pchilik ukrainalikning g'alabasini taxmin qildi. Gvozdik ham bu taxminlarni oqlash maqsadida jangning boshidan ustunlikka ega bo'lishga harakat qildi. Ammo, Artur uning barcha harakatlariga chap berishni uddaladi. Bahsning dastlabki qismida kuchlar teng keldi. Lekin ikkinchi yarmidan boshlab Aleksandrda charchoq alomatlari sezila boshladi. Gvozdik to'qqizinchi raundda ancha kuchsizlanib qoldi. Uning endi bosh maqsadi jangni to'liq o'tkazish bo'lib qoldi. Biroq bunga Artur rozi emas edi. O'ninchi raundda Gvozdikning tana qismiga bir nechta kuchli zarbalar yo'llandi. U bir raundning o'zida uch marta nokdaun holatiga tushdi, buni ko'rgan hakam esa jangni to'xtashiga qaror qildi.



Sizningcha yana qaysi janglar TOP ettilikka kirishi mumkin edi?

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing