09 mar 09:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshuaning sobiq raqibi endi unga yordam beradi
Britaniyalik superog'ir vazn toifasidagi jahon chempioni Entoni Joshua 31 mart kuniga belgilangan birlashtiruvchi chempionlik jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Mashg'ulot chog'ida WBA Super, IBF va IBO yo'nalishlari chempioniga uning sobiq raqibi Karlos Takam yordam beryapti. Takam bu holatda sparring-raqib vazifasini bajarmoqda.
Eslatib o'tamiz, Entoni Joshua o'tgan yilning noyabr oyida Karlos Takamni muddatidan avval mag'lubiyatga uchratgandi. Endi Entoni 31 mart kuni Uels poytaxti Kardiff shahrida zelandiyalik jahon chempioni Jozef Parkerga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar