12 iyu 10:56
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshuaning sobiq raqibi revansh jangida ham Usik g'olib bo'lishini aytdi
Superog'ir vaznda sobiq jahon chempioni Jozef Parker Usik - Joshua revansh jangiga o'z taxminini bildirdi.
"Quloq soling, bu ajoyib jang. Joshua yangi jamoa yiqqan, bu qiziq, chunki uning tayyorgarligiga ishonchimiz komil emas. Media ularning qanday ishlayotganini aytolmaydi.
Usik ringga avvalgidan-da ko'proq ishonch bilan chiqadi. Ayni paytda men unga pul tikkan bo'lardim. Uning birinchi jangda to'liq ustunlik bilan g'alaba qozongani bunga sabab bo'la oladi. Agar u revanshga ham shunday ishonch bilan chiqsa, o'z ishini qoyillatadi", - dedi Parker iFL TV YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, bokschilar o'rtasidagi ilk jang o'tgan yilning 26 sentyabrida bo'lib o'tgan edi.
Malumot uchun, revansh shu yilning 20 avgust sanasida o'tkazilishi kutilmoqda.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar