14 iyu 18:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Joshuaning sobiq sparring raqibi Usikni jangga tayyorlayapti
Ukrainalik bokschi Aleksandr Usik Entoni Joshua bilan revansh jangiga tayyorgarlik olib bormoqda.
Usikka sparring bo'yicha Entoni Joshuaning sobiq sparring-raqibi Martin Bakole (18-1, 13 KO) yordam bermoqda.
"Eng yaxshilar bilan ringni bo'lishish imkonidan zavqlanaman, chunki ulardan biri ekanligimni bilaman", - deb yozgan Bakole ijtimoiy tarmoqlarga joylagan suratini izohlar ekan.
Takidlash joiz, Martin Bakole Entoni Joshuaga Karlos Takam (2017) va Aleksandr Povetkinga (2018) qarshi janglarda yordam bergan.
Malumot uchun, Usik — Joshua revansh jangi shu yilning 20 avgustida, Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar