So’nggi yangiliklar

07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0 19:11"Дакар" раллиси 20 йилдан сўнг Африкага қайтади 0 18:30Нега WBA Мунгия — Зон жангига рухсат берди? 0 17:52Хаби Алонсо "Челси"да "Реал" юлдузини кўришни истайди 0 17:05Темировнинг вазнидаги чемпион Пётр Ян билан жанг қилишга тайёр 0 16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0

19 may 12:16
Yangiliklar

Boks/MMA

Joze Aldo bir qarorga keldi - afsona nuqta qo'ydi!

Teglar :  Joze AldoUFC
MMA afsonasi Joze Aldo o'zining yakuniy qarorini elon qildi.

Braziliyalik aralash yakkakurash ustasi MMAdagi faoliyatini rasman yakunlaganini malum qildi. Bir hafta oldin Joze Aldo eshikni yopmayotgani, hali oktagonga qaytishi mumkinligini aytgandi.  

U Rio-de-Janeyrodagi "Nova Uniao" mashg'ulot bazasida o'z oila azolari davrasida katta sportdan butunlay ketganini elon qildi. SHu erning o'zida rasmiy matbuot anjumani ham o'tkazildi. 

"Qafas hamisha mening manzilim, janglar esa – mening hayotim bo'lgan. Bugun men bu yo'lni xotirjam qalb bilan yakunlayapman. Boshqa qaytmayman, chunki o'z missiyamni shu erga kelganda tugatdim. Vazifa qon evaziga, lekin intizom va sharaf bilan uddalandi. O'tgan yillar davomida men umrimning malum bir qismini shu sportga bag'ishladim. Endi bor etiborimni oilamga bag'ishlayman. Hayotdan zavq olib yashashda davom etaman. Bizning yakkakurashdagi hayot yo'lini boshlayotganlarga yordam beraman. SHuncha yil mobaynida yonimda bo'lgan barchaga o'z rahmatimni aytaman. Nimaga erishgan bo'lsam, bari siz tufayli", – dedi Aldo.

Malumot uchun, shu yil sentyabr oyida 39 yoshga to'ladigan Joze Aldo MMAdagi faoliyati davomida jami 42 ta jang o'tkazgan bo'lib, 32 g'alaba va 10 ta mag'lubiyat qayd etgan. G'alabalarining teng yarmini muddatidan avval yakunlagan. So'nggi jangini 11 may kuni UFC 315 turniri doirasida Eyemann Zaxabiga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra imoniyatni boy berib qo'ygandi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing