So’nggi yangiliklar

16:11Ўзбекистон велоспортчилари Остонада 2 та медаль қўлга киритишди 0 15:15UFC Fight Night 292 турнирининг бонус соҳиблари маълум 0 14:42Полина ва Мария Гуанчжоу турнири чемпионлари! 0 14:10Россия терма жамоаси ёрдамчи мураббийи: "Ўзбекистон майдонга энг кучли таркиби билан тушишини истаймиз" 0 13:28UFC Fight Night 292 турнирининг барча натижалари битта хабарда 0 12:11Мадина Мирабзалова Serbia Open-2026 ғолиби бўлди, Светлана Саидова (Осипова) ҳисобида бронза! 0 11:29Раҳматулло Бойматов ҳам Жаҳонгир Зокиров билан бир оқшомда жанг қилади 0 10:45Эл класико вақтида "Реал" ҳимоячисининг хонадонига ўғрилар кирди — El Mundo 0 10:08Сауль Альварес навбатдаги ғалабасига эришди, Мунгия ҳам ғолиб 0 09:50UFC ойнинг энг яхши жангини эълон қилди 0 08:45Рамазон Темиров Каванага қарши мағлубиятдан кейин илк бор мухлисларга мурожаат қилди 0 07:59"Барселона" иккита мағлубиятдан сўнг бор аламини "Алавес"дан олди, "кўк-анорранглилар" рақиб дарвозасига 6 та тўп киритишди 0 19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0

12 okt 19:11
Yangiliklar

Boks/MMA

Joze Aldo rasman faoliyatini yakunladi, u qo'lqoplarni oktagon markazida qoldirdi + FOTO

Teglar :  Joze AldoUFC
Aralash yakkakurashlar afsonasi, UFC SHon-shuhrat zali azosi shu yilning may oyida professional faoliyatini yakunlaganini elon qilgan Joze Aldo Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 261 turnirida muxlislar bilan rasman xayrlashdi.

Braziliyalik 39 yoshli jangchi tomoshabinlarning davomli qarsaklari ostida oktagonga chiqdi. U yillar davomida o'zi uchun shuhrat keltirgan qo'lqoplarini oktagon o'rtasida qoldirdi. Rafiqasi va qizi uni qo'llab-quvvatlash uchun oktagonga chiqqanida esa ko'z yoshlarini tiya olmadi. 

Joze Aldo ikkinchi marta sportdan ketmoqda. U birinchi bor 2022 yilda Merab Dvalishviliga qarshi jangda mag'lub bo'lganidan keyin qo'lqoplarni mixga ilgandi. Ammo UFC bilan shartnomada qolgan braziliyalik bir nechta jang o'tkazdi, jumladan, Jeremi Stivens bilan shiddatli jangda durang qayd etdi.

Ketishini elon qilinganidan ikki yil o'tmay, Aldo kutilmaganda UFC’ga qaytdi va 2024 yilning may oyida Rio-de-Janeyrodagi turnirda Jonatan Martinesni hakamlarning yakdil qarori evaziga mag'lub etdi. Bu g'alaba yakunda uning faoliyatidagi so'nggisi bo'ldi. SHundan so'ng u hakamlarning ayri qarori bilan Mario Bautistaga, shu yilning may oyida esa bahsli jangda Zaxabiga yutqazdi.

Agar bu chindan ham oxiri bo'lsa, Joze Aldo aralash yakkakurashlarda 32 g'alaba va 10 mag'lubiyat bilan ketadi. U ketma-ket ettita chempionlik himoyasini o'tkazib, tashkilotning yarim engil divizioni tarixidagi eng uzoq muddatli chempion bo'lib qolmoqda. Joze 2023 yilda UFC SHon-shuhrat zaliga kiritildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing