01 apr 14:31
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/36245_220.jpg)
Jozef Parker: “Kuchli g'alaba qozondi, lekin men hali qaytaman”
Xabar berganimizdek, Uels poytaxti Kardiff shahridagi muhtasham “Millenium” stadionida uzoq kutilgan professional boks kechasi bo'lib o'tgandi.
Unda superog'ir vazn toifasida WBA Super, IBO va IBF yo'nalishlari chempioni bo'lib turgan britaniyalik Entoni Joshua (21-0, 20 KO) WBO chempionlik kamari sohibi Yangi Zelandiya vakili Jozef Parker (24-1, 18 KO)ni 118:110, 11:110, 119:109 hisobida mag'lub etgandi.
“Ushbu jang menga katta tajriba berdi. O'tgan davr mobaynida meni har tomonlama qo'llab-quvvatlagan insonlarga rahmat aytaman. Bugun kuchli tomon g'alaba qozondi. Lekin men yana qaytaman. CHunki, men yosh va kuchliman. O'n ikki raund jang qila olishimni isbotladim”, - dedi Parker.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar