28 mar 09:20
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/35999_220.jpg)
Jozef Parker: “Yangi Zelandiyaga chempionlik kamarlari bilan qaytaman”
Superog'ir vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Jozef Parker o'zining Entoni Joshua ustidan g'alaba qozonishiga ishonayotganini malum qildi.
“O'zimni jangga har tomonlama tayyor xis qilyapman. Menda ishonch yuqori va g'alaba qozonishimga ishonyapman. Yangi Zelandiyaga jahon chempionlik kamarlari bilan qaytaman. Men yosh va tezkorman. Bu erga shunchaki bitta jang o'tkazib ketish uchun kelmadim. Niyatim jiddiy”, – dedi Parker.
Eslatib o'tamiz, Joshua va Parker o'rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi 31 mart kuni Uells poytaxti Kardiff shahridagi “Millenium” stadionida bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar