23 apr 17:10
Yangiliklar
Boks/MMA
"Juda kulgili bo'ldi". Guskovning murabbiyi Blaxovichning jarohatiga shubha bildirdi
UFC jangchisi Bogdan Guskovning murabbiyi Gor Azizyan polshalik Yan Blaxovichning revanshni bekor qilganiga munosabat bildirdi.
SHuningdek, nima uchun uning shogirdi boshqa bir polshalik jangchi Ivo Baranevskiy bilan jangdan bosh tortganini tushuntirdi.
"Bogdan va Blaxovich jangi haqida: Blaxovich sparring paytida tizzasidan jarohat olganini aytdi, lekin men uning qo'ltiqtayoqda shifokorga borish o'rniga, dizaynerlik tayog'ini sotib olib, qandaydir turnirga borganini ko'rdim. Juda kulgili edi. Yana bizga chaqiriq tashlagan boshqa polshalik fuqaro haqida: biz orqaga qaramaymiz — Bogdan oldinga va yuqoriga qarayapti, shuning uchun bu bizga qiziq emas. Menejmentimiz ishlayapti va umid qilamanki, yaqin orada Bogdan munosib raqibga ega bo'ladi", — dedi Azizyan Fight Time’ga.
Havola :
Manba : Fight Time
Fikrlar