31 okt 13:57
Yangiliklar
Boks/MMA

"Juda yomon, daxshat!". UFC rahbari kecha ishlagan hakamni keskin tanqid qildi
UFC rahbari Dana Uayt Elizeu Zaleski dos Santos - Benua Sent-Deni jangida ishlagan hakam Vyacheslav Kiselevni keskin tanqid qildi.
"Ha biz bu hakamni chetlatdik. Juda yomon, daxshat. U jangni to'xtatishi lozim edi", - dedi Dana.
Eslatib o'tamiz, Elizeu Zaleski dos Santos - Benua Sent-Deni o'rtasidagi jang to'liq davom etdi va unda Santos hakamlar qaroriga ko'ra g'alaba qozondi. Aslida jang ikkinchi raunddayoq to'xtalishi kerak edi. Sababi, Sent-Deni juda ko'p daxshatli zarbalarni o'tkazib yuborgandi. O'sha holatda oktagondagi hakam jangni to'xtatishi lozim edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar