So’nggi yangiliklar

13:57"Реал"нинг апелляцияси рад этилди — Маrca 0 13:05Адесанья Пайфердан учралган мағлубиятга муносабат билдирди 0 12:22Бугун Жавоҳир Синдаров "Номзодлар турнири"даги иштирокини бошлайди 0 11:44Дана Уайт Макгрегорнинг қайтиши ва Махачевнинг навбатдаги жанги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:00Салоҳ Италия чемпионатига қайтиши мумкин 0 10:19Арман Царукян Пулласни реваншда ҳам мағлуб этди 0 09:45Себастьян Фундора ва Кит Турман жанги 6-раундда якунланди 0 08:30UFC Fight Night 271. Исраэль Адесаньяни техник нокаутга учратишди 0 06:58Мадагаскар Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 06:37Майами WTA 1000 турнири бош соврини ҳамда "лимон" кимга насиб этди? 0 06:16Мозес Итаума - Жермейн Франклин жангида нокаут қайд этилди 0 18:17"Учрашувда" — Царукян Нина Драма билан тушган сурати орқали Пулласни "тролл" қилди + ФОТО 0 17:29"Реал" "янги Вальверде"ни кузатмоқда 0 17:04Райан Гарсия навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 16:23Макгрегор Махачев ва Перейра жанглари савдосига кулиб қўйди 0

06 fev 17:40
Yangiliklar

Boks/MMA

Julianna Penya va Amanda Nunes "The Ultimate Fighter"da jamoalarga murabbiylik qiladi

Teglar :  NunesPenya
Amerikalik jangchi Julianna Penya va braziliyalik Amanda Nunes yangi "The Ultimate Fighter" shousiga murabbiylik qiladi.

BJ Penn portali xabariga ko'ra, TUF 30ni suratga olish fevral oyining o'rtalarida boshlanadi.

“Men birinchi bo'lib (ayollar o'rtasida) "The Ultimate Fighter" g'olibasi bo'ldim. Men butun mavsum davomida g'alaba qozondim. Endi men bu yosh jangchilarga yordam beraman. Kelgusi mavsumda "The Ultimate Fighter" shousida murabbiy bo'laman. Amanda men bilan mashg'ulot o'tkazadi. Bunda Amanda bilan mening alohida jamoamiz bo'ladi. Amanda jamoasiga qarshi mening jamoam bo'ladi, keyin esa mavsum oxirida biz revansh jangini o'tkazamiz", - dedi UFCning engil vazn toifasidagi amaldagi chempioni Penya.

TUF 30 musobaqasida ayollar va erkaklar o'rtasida og'ir vazn toifalarida jangchilar ishtirok etadi, Penya va Nunes har bir vazn toifasida to'rttadan jangchini tayyorlashadi. Mavsum ishtirokchilari tarkibi hozircha oshkor etilmagan. Mavsum oxirida Nunes va Penya o'rtasidagi revansh jangi bo'lib o'tadi.

Ishtirokchilar va ularning o'rinbosarlari allaqachon Las-Vegasda tibbiy ko'rikdan va COVID-19 uchun testdan o'tmoqda.

Julianna Penya va Amanda Nunes 2021 yil 11 dekabr kuni UFC 269 musobaqasida yarim o'rta vazn toifasidagi chempionlik uchun jang o'tkazishdi. O'shanda Penya bo'g'ish uslubida g'alaba qozonib, yarim o'rta vazn toifasida yangi chempion bo'lgandi.

The Ultimate Fighter - Amerikaning aralash yakkakurash realiti-shousi.  U 2005 yilning yanvaridan beri UFC shafeligida faoliyat olib boradi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing