13 okt 10:38
Yangiliklar
UFC sobiq chempioni Penya RAF ligasida debyut qiladi + POSTER
Amerikalik sportchining raqibasi rossiyalik Diana Avsaragova bo'ladi. Tashkilot matbuot xizmati ayollar o'rtasidagi ushbu jangni rasman elon qildi.
O'tgan yilning oktyabr oyida 37 yoshli Julianna Penya ligada sharhlovchi sifatida debyut qilgan edi, endi esa uning o'zi kurash gilamiga chiqadi. Amerikalik sportchi o'zining oxirgi jangini o'tgan yilning iyun oyida o'tkazib, chempionlik jangida Kayla Xarrisonnga ikkinchi raundda kimura (og'riqli usul) evaziga imkoniyatni boy bergandi. 2021 yilning dekabr oyida Penya aralash yakkakurashlar tarixi bo'yicha eng katta sensaciyalardan biriga mualliflik qilib, Amanda Nunesni ikkinchi raundda bo'g'ish usuli bilan taslim etgandi.
Diana Avsaragova o'tgan oy ligadagi debyutini muvaffaqiyatsiz o'tkazib, Mayamidagi RAF 13 turnirida RAF`ning o'rta vazndagi chempioni Kennedi Bleyjdsga texnik ustunlik evaziga yutqazib qo'ygandi. 28 yoshli rossiyalik sportchi MMA`dagi so'nggi jangini o'tgan yilning aprel oyida o'tkazib, braziliyalik Elora Danaga birinchi raundda bo'yinni bo'g'ish (ushlash) usuli bilan imkoniyatni boy bergandi.

Fikrlar