07 iyu 10:08
Yangiliklar

Junior European Cup 2025. Yaponiyani ortda qoldirgan O'zbekiston 32 davlat orasida 1-o'rinni egalladi (FOTO+JADVAL)
Dunyoning 4 qitasi 32 davlatidan jami 428 nafar dzyudochi qatnashgan Evropa Kubogi Kamol Murodov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi uchun omadli keldi. Dzyudochilarimiz ikki kunlik murosasiz bellashuvlarda 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 1-o'rinni egalladi.
Yaponiya va Serbiya terma jamoalari ham biz kabi 3 tadan oltin va 1 tadan kumush medalni qo'lga kiritishdi. Ikkita bronza medali yakunda umumjamoa hisobidagi peshqadamligimizni taminlab berdi. SHuning o'ziyoq Pragadagi turnir qay darajada murosasiz kurashlar ostida o'tganidan dalolat bermoqda.
Dilshodbek Hamroev (-66 kg), Samariddin Muxibiddinov (-81 kg) va Umida Nig'matova (+78 kg) sharafiga CHexiya zaminida O'zbekiston davlat madhiyasi yangradi.
SHohsupaga ko'tarilgan dzyudochilarimiz:
Oltin medallar
-66 kg: Dilshodbek Hamroev
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov
+78 kg: Umida Nig'matova
Kumush medal
+100 kg: Fazliddin Rafikov
Bronza medallar
-60 kg: Samariddin Qo'chqorov
-63 kg: Sarvinoz Husanova
Fikrlar