26 sen 17:03
Yangiliklar
Jurnalist o'q otishdan 2-o'rinni egallagan sportchilarga: Finalga chiqib qoldinglar, kutganmidinglar shunaqa bo'lishini?
Javohir Sohibov va Muxtasar Tohirova o'q otish bo'yicha aralash bahslar finalida Xitoyga qarshi bellashishdi. Afsuski, ushbu bahsda mezbonlarning qo'li baland kelib vakillarimiz kumush medalga loyiq ko'rildi.
-Finalga chiqib qoldinglar, kutganmidinglar shunaqa bo'lishini?
«Musobaqa alo darajada o'tdi. Bu natijaga erishish uchun tunu-kun tayyorgarlik ko'rdik. Bu gal kumush medal bo'lib qoldi, keyingi safar oltin medalni qo'lga kiritishga harakat qilamiz. Biz qo'limizdan kelgancha harakat qildik. Finalga chiqishni kutgandik, albatta» - dedi Muxtasar Toxirova.
«Afsuski, bugun Xitoyga qarshi finalda imkoniyatni boy berdik. Xitoy bu sport turida ancha kuchli. Osiyo o'yinlari biz uchun juda hayajonli musobaqa sifatida xotiramizda qoladigan bo'ldi. Kelasi musobaqalarda nasib qilsa, Xitoyni ham engamiz. Delagaciyamiz safidagi barcha sportchilarga omad tilaymiz» - dedi Javohir Sohibov musobaqadan so'ng saytimiz muxbiriga bergan intervyusida.
Fikrlar