22 iyu 10:36
Yangiliklar
Futbol
Kabo-Verde murabbiyi Urugvay bilan o'yindagi sensacion natija haqida gapirdi
Kabo-Verde terma jamoasi bosh murabbiyi Bubishta 2-turidan o'rin olgan Urugvayga qarshi bahsdagi (2:2) sensacion natijaga izoh berdi.
"Jamoani va barcha futbolchilarimizni bor kuchlarini berib, ko'rsatgan o'yinlari uchun tabriklamoqchiman. Biz o'yinni juda qiyin sharoitda yakunladik, ko'plab futbolchilarimizning oyoqlarining tomiri tortishib qoldi. SHunga qaramay, jamoamiz butun uchrashuv davomida mardonavor harakat qildi, doimo g'alabaga intildi va bu bizni juda quvontiradi. Biz barcha o'yinchilarimizga ishonamiz. Tarkibda doim o'zgarishlar qilamiz va jamoamiz maydonga yaxshi tashkil etilgan o'yin hamda g'alaba ishtiyoqi bilan chiqishda davom etadi. Bugungi erishgan natijamizdan faxrlanishimiz kerak", — deya Bubishtaning so'zlarini keltirmoqda FIFA rasmiy sayti.

Havola :
Fikrlar