31 mar 17:45
Yangiliklar
Kadambaeva va Baratov Antaliya "Katta Dubulg'a" bronza medali uchun tatamiga chiqadi
Saralash bahslarini muvaffaqiyatli o'tkazgan hamyurtlarimizdan ikki nafari 1/2 finalga qadar etib keldi va kechki dasturda bronza medali uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.
Sita Kadambaeva (-52 kg) final ostonasida Olimpiadaning bronza medali sohibasi britaniyalik CHelsi Jaylzdan engildi. Kechki dasturda dzyudochimiz ispaniyalik Estrella SHerif Lopezga qarshi bronza medali uchun kurashadi.
Dilshodbek Baratov esa final chiptasi uchun asli kelib chiqishi gruziyalik, hozirda Franciya sharafini himoya qilayotgan Luka Mxeidzega imkoniyatni boy berib qo'ydi. Endi u kechki dasturda bronza medali uchun belgiyalik Yorre Ferstretenga qarshi tatamiga chiqadi.
Yana bir hamyurtimiz Halimajon Qurbonova (-48 kg) 1/4 finalga qadar etib keldi va bronza medali uchun o'tish bellashuvda braziliyalik Amanda Limaga yutqazib qo'ydi.
Bronza medali uchun bahs
-52 kg vazn toifasi
Sita Kadambaeva (O'zbekiston) - Estrella SHerif Lopez
-60 kg vazn toifasi
Dilshodbek Baratov (O'zbekiston) - Yorre Ferstreten (Belgiya)
Fikrlar