30 iyu 09:55
Yangiliklar
Taekvondo
Kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionatida vakillarimizdan tarixiy natija!
Bolgariyaning Sofiya shahrida taekvondo WT bo'yicha kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionati davom etmoqda.
Musobaqaning ilk kunida o'zbekistonlik besh nafar taekvondochi dayanga chiqqan va beshta bronza medali qo'lga kiritilgandi.
Jahon chempionatining ikkinchi kunida vakillarimiz yana uchta medalga ega chiqishdi. Laylo Hasanova barcha raqibalarini taslim etdi va Jahon chempioniga aylandi!
O'zbekiston kadetlar terma jamoasi ikki kun ichida 8 ta medal qo'lga kiritdi va o'zining eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Ikkinchi kunda sovrindor bo'lgan o'zbekistonlik taekvondochilar:
Oltin - Laylo Hasanova
Kumush - Dilmurod Marufjonov
Bronza - Sofiya Xan
Kadetlar o'rtasidagi JCH 31 iyulgacha davom etadi.
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati
Havola :
Fikrlar