So’nggi yangiliklar

11:05Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Ўзбекистон - Украина ва бошқа натижалар (LIVE) 0 09:55Элдор Шомуродов Эронни ютиш сири ҳақида гапирди 0 08:00Осиё ўйинларида иштирок этаётган ўзбекистонлик спортчилар барча натижаси битта саҳифада (LIVE) 0 01:04Mangu 5: Фурқатбек Ёқубов иштирокидаги чемпионлик жанги муддатидан аввал ниҳоясига етди 0 00:40Муҳиддин Мамажонов Тошкентда Магомед Салиевга қарши жанг қилди 0 22:28Бобур Тагиев "Mangu 5" турнирида ғалаба қозонди 0 22:02Амирхон Алихўжаев "Mangu 5" турнирида ғалабага эришди 0 21:11Кураш, бокс ва бошқа спортлар. Осиё ўйинларининг саккизинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати билан танишинг 0 20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Эркаклар терма жамоамиз Арманистонни, аёллар Перуни мағлуб этди 0 19:52Осиё ўйинларининг еттинчи кундан кейин медаллар жамғариш рейтингида ўрнимиз қандай? 0 19:30"Манчестер Сити"нинг Премьер-лига қоидаларини бузгани ҳақидаги айбловлар: Улар нимадан иборат? Қандай жазо қўлланиши мумкин? Кейин нима бўлади? 0 18:51Эртага 5 нафар боксчимиз Осиё ўйинлари чорак финалида жанг қилади 0 18:30Осиё ўйинларининг еттинчи кунини 3 та медаль билан якунладик 0 17:15Ўзбекистон делегацияси расмийлари ХОҚ Президенти билан учрашишди 0 16:16Мбаппе Платинининг рекордини такрорлади 0

01 avg 19:39
Yangiliklar

Taekvondo

Kadetlar terma jamoasi katta murabbiyi Sobir Nazaraliev: "Toshkentdagi Jahon chempionati eng yuqori darajada o'tishiga shubha yo'q"

7-10 avgust kunlari Toshkentda taekvondochi kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionati bahslari bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqada O'zbekiston terma jamoasi to'liq tarkibda, 20 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Biz terma jamoa katta murabbiyi Sobir Nazaraliev bilan bo'lajak musobaqa oldidan suhbatlashdik. 

- Toshkentda o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadigan sportchilar qaysi musobaqa orqali tanlab olingan? 

- Kadetlar terma jamoasini 2018 yil dekabr oyida bo'lib o'tgan O'zbekiston chempionati asosida saralab olganmiz. Ushbu terma jamoa murabbiylar shtabida Jasur Boyqo'ziev va Muzaffar Tojiboev ham faoliyat olib borishmoqda. Toshkentda bo'ladigan Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik olib bordik, uch bosqichli mashg'ulot jarayonlarini o'tkazdik. Tayyorgarlik juda yaxshi bo'ldi deya olaman. Barcha sportchilarimiz musobaqaga tayyor. 



- Tayyorgarlik jarayonida qandaydir qiyinchiliklar bo'ldimi? 

- Tashkiliy jihatdan hech qanday muammo bo'lgani yo'q. Kadetlar terma jamoasi azolari asosan 12-14 yoshli sportchilardan iborat. Bunday yoshdagi bolalarning bo'yi tez o'sadi. Dekabr oyidagi O'zbekiston chempionatidan keyin ko'plab shogirdlarimizning bo'yi o'sdi va o'z-o'zidan vazni ham ko'paydi. SHu borada biroz qiyinchilik bo'ldi, ammo Jahon chempionatiga qadar barcha muammo bartaraf etiladi. 


- Tarkibimizdagi qaysi sportchilarda medallar uchun imkoniyat yuqori deb o'ylaysiz? 

- Bunday darajadagi musobaqa O'zbekistonda birinchi marta o'tkazilmoqda. Bejizga o'z uyingda devorlar ham yordam beradi deb aytishmaydi. Tarkibimizagi barcha sportchida oltin medal uchun imkoniyat bor. Sababi bugungi kunda shogirdlarimiz yaxshi sport formasida bo'lib turishibdi. Barcha sportchilar, shu jumladan terma jamoa murabbiylar shtabi eng yaxshi natijalar qayd etilishi uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz.  



- Musobaqaga tayyorgarlikning tashkiliy tomonlariga qanday baho berasiz? 

- O'zbekiston taekvondo WTF associaciyasi rahbari SHerzod Toshmatov boshchiligida Jahon chempionatiga tayyorgarlikning tashkiliy ishlari oliy darajada olib borilmoqda desam mubolag'a bo'lmaydi. Ushbu inson qanchalik professional ekanligini barchamiz bilamiz. O'z vaqtida SHerzod Toshmatov boshchiligida boks musobaqalari yuqori saviyada o'tkazilganidan xabardorsiz albatta. Taekvondochi kadetlar o'rtasidagi Jahon chempionati ham eng yuqori darajada o'tishiga shubha yo'q. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing