12 noy 10:10
Yangiliklar
Boks/MMA

"Kalbosh boks tushishni biladi". Makgregordan yangi surat va chiroyli izoh + FOTO
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor Instagram sahifasiga yangi surat joyladi.
"Ot kabi katta, ho'kiz singari kuchli. Hamma biladi, kalbosh ham yaxshi boks tushishini", — deya surat ostida izoh qoldirgan Makgregor.
Eslatib o'tamiz, Konor Makgregor keyingi jangini 23 yanvar kuni Abu-Dabidagi "Janglar oroli"da tashkil etiladigan UFC 257 turniri doirasida amerikalik Dastin Porega qarshi o'tkazadi. Bu Pore uchun revansh jangi bo'ladi. 2014 yilda o'tkazilgan jangda Konor Dastinni nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar