10 iyu 10:48
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamal Guseynov Mangu 3 turniri bonusiga loyiq ko'rildi. Mukofot puli yaxshigina!
6 iyun kuni Samarqand shahridagi "Mo'jiza" amfiteatrida Mangu MMA Ligasining uchinchi turniri bo'lib o'tgandi.
Tashkilotchilar musobaqaning bonus sohiblarini elon qilishni boshladi.
Unga ko'ra, rossiyalik aralash yakka kurash ustasi Kamal Guseynov turnirning "eng yaxshi nokaut" uchun ajratilgan mukofotiga ega chiqdi. U Mangu 3 turnirida hamyurtimiz Davlatbek Hojievni muddatidan avval mag'lub etgandi.
Kamal mazkur g'alabasi uchun kafolatlangan gonorardan tashqari 5 ming AQSH dollari mukofot puliga ega chiqdi.

Havola :
Manba : Mangu MMA
Fikrlar