18 noy 12:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamaru Usman Islam Maxachev bilan ehtimoliy jangga munosabat bildirdi
UFC'ning yarim o'rta vazn toifasidagi sobiq chempioni, nigeriyalik Kamaru Usman amaldagi chempion, rossiyalik Islam Maxachev bilan jangga qiziqish bildirdi.
"Islamga qarab, hech qanday zaif tomonlarini ko'rmayman. U meni qo'rqitadi, yuragim tez urib ketadi. Agar mendan hozirda eng raqobatbardosh jang qaysi ekanligini so'rasangiz, bu Islam bilan jang, deb javob berardim. U ajoyib, ayniqsa, Jek bilan amalga oshirgan ishlari dahshat", deb aytib o'tgan Usman.
Kamaruning so'nggi jangi 15 iyun kuni AQSHning Atlanta shahrida bo'lib o'tgan. O'shanda u amerikalik Xoakin Baklini ochkolar hisobiga ko'ra taslim etgandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar