26 apr 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman Konorga keskin javob qaytardi
Yarimo'rta vazn toifasida UFC kamari sohibi Kamaru Usman Konor Makgregorning chaqiruviga javob qaytardi.
"Seni bittada yarimo'rta vazndan uloqtirib yuboraman. SHunday qilamanki, sen engil vaznda ham jang qila olmaydigan bo'lib qolasan. Seni mag'lub etadigan jangchilarni men muddatidan avval to'xtatdim.
Senga avvalroq jang taklif qilganimda, yo'q bo'lib qolganding. SHuning uchun, sal kamatar bo'l, bolakay. Men seni allaqachon g'ururingni tortib olganman, endi esa boshqa narsalaringni ham olishimga majbur qilaman", - degan Kamaru.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar