23 jan 07:43
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman Ngannuning burchagida sekundant vazifasini bajaradi
Ayni daqiqalarda AQSHning Kaliforniya shtati Anaxaym shahrida 2022 yilning ilk raqamlangan UFC turniri bo'lib o'tmoqda.
Taxminan bir yarim soatlardan so'ng oqshomning markaziy jangi og'ir vazn toifasida boshlanadi. Unda amaldagi chempion Frensis Ngannu o'z kamarini vaqtinchalik chempion Siril Gandan himoya qiladi.
Etiborlisi, Ngannuning burchagida yarimo'rta vaznda UFC chempioni Kamaru Usman sekundant vazifasini bajarib beradi.
"Men sovuqqon qotilni ko'ryapman. Frensis har bir jangida o'zini aynan shunday tutadi. Bunday jangchilar juda kam uchraydi. Ngannu xotirjam va u jangga tayyor. O'ylaymanki, ularning har ikkisi ham chempion bo'lishga qodir. Lekin jangda faqat eng kuchlisi g'alaba qozonadi", — deya Usmanning so'zlarini keltirmoqda MMA Junkie.
Havola :
Fikrlar