28 noy 11:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman Ramzan Kadirov o'g'lining tug'ilgan kuniga keldi + VIDEO
Yarimo'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Kamaru Usman yana bir bor Grozniyga keldi.
Bu safarga tashrif CHecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Kadirov o'g'lining tug'ilgan kuni sharofati bilan amalga oshdi.
SHuningdek, Adam Kadirovning tug'ilgan kunida sobiq UFC jangchilari Abdul-Kerim Edilov, Magomed Bibulatov, o'rta vazn UFC jangchisi Albert Duraev ham hozir bo'ldi.
Bu vazn toifasidan dunyoning eng yaxshi jangchisining CHechenistonga ikkinchi tashrifi hisoblanadi. Kamaru Usman roppa-rosa bir yil oldin ham kichik Kadirovning tug'ilgan kunida ishtirok etgan va hatto u bilan sparring mashg'ulot ham o'tkazgan edi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar