03 fev 13:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Kamaru Usman Xabib Nurmagomedov bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi
UFCning yarimo'rta vazn toifasidagi chempioni Kamaru Usman Xabib Nurmagomedovga qarshi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi.
"Men bu jang uchun bor kuchim bilan harakat qilyapman deya olmayman. Xabib bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Agar u oktagonga qaytib, mana shunday jangni istab qoladigan bo'lsa, bu UFC muxlislariga yoqqan bo'lardi. Ammo yana takrorlayman, bu jangga erishish uchun ko'p harakat qilib o'tirmayman", - dedi Usman.
Eslatib o'tamiz, Kamaru Usman 13 fevral kuni UFC 258 turniri doirasda Gilbert Byornsga qarshi jang o'tkazadi.
Havola :
Manba : TMZ
Fikrlar