12 dek 18:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Kambosos Lomachenkoning Kommi ustidan g'alabasi haqida gapirdi
Engil vaznda mutlaq chempion Jorj Kambosos Vasiliy Lomachenkoning Richard Kommi ustidan qozongan g'alabasi haqida gapirdi.
Avstraliyalik bokschining so'zlariga ko'ra, ukrainalik bokschi o'zining obro'sini qayta tiklab oldi.
"Lomachenko tomonidan ajoyib jang. Bu orqali u o'zini Xeyni, Tank va Rayan bilan bir darajada ekanini ko'rsatdi. Teofimodan uchralgan mag'lubiyatga qaramasdan shunday.
Kommiga ham hurmat ko'rsataman. Sen taslim bo'lmaydigan jangchisan. 2022 yilda ushbu bokschilardan biri bilan jang qilishni intizorlik bilan kutyapman", -dedi Jorj Kambosos.
Havola :
Manba : ESPN
Fikrlar