05 dek 16:10
Yangiliklar

Kambosos: Men Avstraliya tarixidagi eng buyuk jangchiman
Engil vazn toifasida WBA Super, WBO, IBF va WBC Franchise yo'nalishlari bo'yicha mutlaq chempion Jorj Kambosos (20-0, 10 KO) jurnalistning avstraliyalik afsonaviy Kostya Tszyu bilan bir qatorda bo'lganiga ishonasizmi, degan savoliga javob berdi.
"Kostya Tszyuga hurmatsizlik yo'q, u bu sportning afsonasi, lekin u Avstraliyada tug'ilmagan. Men Avstraliyada tug'ilganman, havaskorlik faoliyatini bosib o'tganman, mahalliy klublarning shoularida qatnashganman. Keyin okeanni kesib o'tdim. Ikkinchi darajali promouter uyishtirgan oqshomlarining anderkardlarida jang qildim. Men ilk jangimni Mikki Beemga qarshi o'tkazdim, nima demoqchi ekanligimini tushunyapsizmi?", - dedi Kambosos FightHype.com saytiga bergan intervyusida.
"Boshqalarga hurmat saqlagan holda aytamanki, men Avstraliya tarixidagi eng buyuk jangchiman. Bazilar bunga qo'shiladi, bazilari esa yo'q. Men o'z poziciyamni bilaman. Hech kim men qilgan ishni qilmagan, yani hech kim uyga kamarlarni olib kelmagan. Qilishim kerak bo'lgan ishlar ko'p. Atigi 28 yoshdaman. O'z organizmimga qanday qarayman - men ichmayman, ziyofatlarga bormayman. 40 yoshgacha yoki undan ham uzoqroq jang qilishim mumkin”, - dedi Jorj
Fikrlar