30 noy 19:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Kambosos nima uchun Lomachenkoda Devin Xeyniga qarshi jangda imkoniyat yo'qligini tushuntirdi
Engil vazn toifasida sobiq jahon chempioni Jorj Kambosos navbatdagi jangida Vasiliy Lomachenko bilan to'qnash kelishni istashini va ukrainalik Jameyn Ortisga qarshi so'nggi jangida unchalik yaxshi natija ko'rsatmagani unga qiziq emasligini aytdi.
"Men Lomachenko bilan ringda to'qnash kelishni xohlayman. Uning Jemeyn Ortisga qarshi so'nggi jangi bizga juda oddiy bo'lib ko'rindi. Men hali ham bu inson bilan jang qilishni xohlayman. Uslublar jangi bo'lishi aniq. Bizni ajoyib qarama-qarshilik kutib turganiga shubha yo'q", - dedi Kambosos.
Kambosos bu jangni tashkil etish ehtimoli kamligini tushunadi. Sababi Lomachenko navbatdagi jangida mutlaq chempionlik unvoni uchun amerikalik Devin Xeyni bilan to'qnash keladi.
"Hozir Xeyni va Lomachenko jangi muxlislar uchun qiziqarli, ammo Devin uning uchun juda katta raqib. Xeyni juda tez va juda aqlli bokschi", - deya qo'shimcha qildi Kambosos.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar