24 may 07:01
Yangiliklar
Dzyudo

Kamol Murodovga 6-DAN qora belbog' sertifikati topshirildi
Xabaringiz bor, shu kunlarda poytaxtimiz o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi xalqaro musobaqaga mezbonlik qilmoqda.
Kecha Tashkent Cadet and Junior Asian Cup turnirining final dasturi oldidan kichik bir tadbir o'tkazildi. Unda O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi, "O'zbekiston iftihori" faxriy unvoni sohibi, mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Kamol Murodovga 6-DAN qora belbog' sertifikati tantanali ravishda topshirildi.
Xalqaro dzyudo federaciyasi referi bosh direktori Armen Bagdasarov maxsus sertifikatni o'z egasiga taqdim etdi. Biz ham o'z o'rnida Kamol Murodovni munosib etirof bilan tabriklaymiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar