05 may 17:56
Yangiliklar
Kamonchilarimiz Osiyo Kubogini 2 ta bronza medali bilan yakunlashdi
Besh kun davom etgan bellashuvlarda 13 davlatdan 100 nafar sportchi o'z mahoratini namoyish etdi. Etiborlisi, musobaqa yakunida O'zbekiston terma jamoasi vakillari 2 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Ziyodaxon Abdusattorova, Zebiniso Abdusattorova, Nilufar Hamroevadan iborat trio jamoaviy dasturda, Ziyodaxon Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov juftligi esa mikst dasturida shohsupaga ko'tarilishdi. Afsuski, jamoaviy dasturda bronza medali uchun bahs olib borgan yigitlarimiz va Ziyodaxon Abdusattorovaning yakkalik yo'nalishidagi chiqishi omadsiz yakunlandi.
Bronza medali uchun:
Ayollar: O'zbekiston – Gruziya 6:0
Mikst: O'zbekiston – Qozog'iston 6:2
Erkaklar: O'zbekiston – Qozog'iston 1:5
Yakkalik: Ziyodaxon Abdusattorova – Ciaoleyi Yan (Xitoy) 3:7
Musobaqaning final bellashuvlarini MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ham kuzatib bordi va taqdirlash marosimida ham ishtirok etib, Osiyo kamondan otish federaciyasi mutasaddilar bilan o'zaro hamkorlikning yangi bosqichlari yuzasidan fikr almashdi.
Fikrlar