30 mar 21:02
Yangiliklar
Kamondan otish
Kamonchilarimiz Turkiyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadilar
Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotini olib borayotgan kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etadi.
1-7 aprel kunlari bo'lib o'tadigan “KAHRAMAN BAGATIR” turnirida 7 mamlakat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
Ushbu musobaqaga tayyorgarlik doirasida vakillarimiz sinov-mashg'ulot bahsini o'tkazib olishdi. Unda O'zbekiston, Turkiya, Germaniya, Belarus, Buyuk Britaniya, Kosovo, Estoniya kabi mamlakatlardan 60 dan ortiq mergan bahs olib bordi.
70x4 mashqida O'zbekiston terma jamoasi vakillari quyidagi natijani qayd etishdi:
Zokirjon G'afurov 1339 ochko (yangi O'zbekiston rekordi)
Kamola Yunusova 1264 ochko (yangi O'zbekiston rekordi)
“KAHRAMAN BAGATIR” musobaqasidan keyin kamonchilarimiz 8 aprel kuni Ruminiyaning Buxarest shahrida o'tuvchi Evropa Gran-prisiga yo'l olishadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar