25 avg 16:50
Yangiliklar
Tokio-2020, Kamondan otish
Kamondan otish bo'yicha terma jamoamiz Evropa safariga jo'nab ketdi
Kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Evropa safariga yo'l oldi. 8 nafar sportchi va 3 murabbiydan iborat delegaciyamiz “Ko'hna qita”da o'quv-mashg'ulot yig'inlari va xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi.
Dastlabki musobaqa Belarusning Brest shahrida 25-31avgust kunlari o'tkaziladi. Unda 20 ga yaqin mamlakat vakillari qimmatli reyting ochkolari va g'oliblik uchun kurash olib boradilar. Terma jamoamiz turnirdan so'ng shu shaharning o'zida 8 sentyabrgacha yig'in olib boradi. SHundan so'ng vakillarimiz Lvov (Ukraina) shahrida 9-15 sentyabr, Istambul (Turkiya)da 15-30 sentyabr kunlari o'quv-mashg'ulot yig'ini va xalqaro turnirda qatnashishadi.
Takidlash joiz, ushbu yig'in va musobaqalar noyabr oyida Tailandning Bangkok shahrida o'tadigan Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi xalqaro musobaqaga tayyorgarlikning asosiy bosqich vazifasini bajarib beradi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar