31 mar 16:28
Yangiliklar
Kamondan otish
Kamondan otish. Hamyurtimiz CHimkentdagi xalqaro turnirda sovrindor bo'ldi
26-30 mart kunlari Qozog'istonning CHimkent shahrida kamondan o'q otish bo'yicha “Quralay” deb nomlangan I Xalqaro turnir bo'lib o'tdi.
Musobaqada Armaniston, Gruziya, Tojikiston, Qirg'iziston, Mongoliya, Turkmaniston, Ukraina, Qozog'iston va O'zbekistondan jami 250 dan ziyod sportchi ishtirok etdi. Ilk bor o'tkazilgan mazkur yirik turnirda yurtimiz sharafini ikki nafar kamonchi, Yo'ldosh Hayitov va Keldiyor Hasanov himoya qilishdi. Yakuniy natijalarga ko'ra, Yo'ldosh Hayitov Klassik kamon yo'nalishida bronza medalga sazovor bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar