12 may 12:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamshibek Konbakaev Bahodir Jalolov bilan jang haqida: "Olimpiadada oltin olish uchun harakatdaman"
Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori, qozog'istonlik Kashmibek Konkabaev yaqinlashib kelayotgan Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarligi haqida gapirdi.
Konkabaev yaqinda Qozog'istonning Turkiston viloyatida o'tkazilgan Qozog'iston, O'zbekiston va Kuba terma jamoalari ishtirokidagi yig'inni esladi.
- Meni vazn toifamda kubalik bokschi yo'q edi. Men Bahodir Jalolov bilan bir necha marotaba sparringda ishladim. Menimcha, bu foydali tajriba bo'ldi.
- Keyingi janglarda Bahodir Jalolovni mag'lub etish uchun taktikada nimalarni o'zgartirish kerak deb o'ylaysiz?
- Biz barcha sirlarni ham ochavermaymiz, ammo murabbiylar bilan birgalikda Parijda oltin medalni qo'lga kiritish uchun astoydir harakat qilyapmiz.
Havola :
Manba : SportArena
Fikrlar