04 may 21:15
Yangiliklar
Boks/MMA
Kamshibek Konkabaev Toshkentdagi jahon chempionatida ilk jangini o'tkazdi
Boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionatining to'rtinchi kunidan o'rin olgan janglar yakunlandi.
Biroz avval eng og'ir vazn toifasidagi navbatdagi jang yakuniga etdi. Unda qozog'istonlik Kamshibek Konkabaev Rossiya vakili Oleg Dronov bilan bahs olib bordi. Jang to'liq 3 raund davom etib, unda qozog'istonlik bokschi hakamlar qarori (4:1) bilan zafar quchdi.
Endi Konkabaev nimchorak final bahsida suriyalik Muhammad Mlayesga qarshi ringga chiqadi. Ular o'rtasidagi jang 7 may kuni bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, mazkur vazndagi hamyurtimiz Bahodir Jalolov ham bugun nimchorak final masalasini hal etdi. Agar, Jalolov ham, Konkabaev ham o'zlarining navbatdagi janglarida g'alaba qozonishsa, chorak finalda to'qnash kelishlari mumkin.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar