24 may 09:12
Yangiliklar
Kanelo Alvares va Jeyk Pol eng ko'p maosh oladigan Top-50 sportchi qatoriga kirdi
Bunga faqat ikki nafar yakkakurash olami vakili – bokschilar Saul "Kanelo" Alvares va Jeyk Pol o'z hissasini qo'shdi.
Umumiy gonorari 170 million dollar bo'lgan meksikalik afsona Saul Alvares Forbes ro'yxatida ikkinchi o'rinni egalladi. Bank hisobini 70 million dollarga to'ldirgan amerikalik bloger-bokschi Jeyk Pol esa 23-o'rinni band etdi.
To'rtinchi yil ketma-ket eng ko'p maosh oluvchi sportchi jahon futboli yulduzi portugaliyalik Krishtianu Ronaldu bo'ldi, u o'z boyligini bir yil ichida 300 million dollarga oshirdi.
Saul "Kanelo" bir yilda ikkita jang o'tkazdi - kubalik Uilyam Skullni hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etdi, ikkinchi o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni unvoni uchun jangda esa amerikalik Terens Kroufordga yutqazdi.
Jeyk Pol ham o'tgan yili ikkita jangda ringga ko'tarildi - meksikalik kichik Xulio Sezar CHavesni ochkolar bo'yicha mag'lub etdi, oltinchi raundda britaniyalik Entoni Joshuaga nokaut bilan yutqazdi.
Yaqinda Most Valuable Promotions promouterlik kompaniyasining hammuallifi hisoblangan Jeyk Pol Saul "Kanelo2 Alvares bilan dastlabki muzokaralar o'tkazganini va agar meksikalik u bilan ringni bo'lishga rozi bo'lsa, unga 200 million dollar to'lashga tayyorligini malum qildi.

Fikrlar