25 apr 12:13
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo: "Bivol Kovalyovdan kuchliroq"
Supero'rta vazn toifasida mutlaq chempioni Saul Alvares Dmitriy Bivolga qarshi bo'lajak jang haqida gapirdi.
"Dmitriy Bivol juda qiyin raqib, chunki u muntazam ravishda masofani o'zgartirib turadi. Ammo ishonamanki, menda masofani qisqartirib, o'z jangimni namoyish etish va g'alaba qozonish uchun tajriba etarli.
Sergey Kovalyov o'sha paytda kuchli va yaxshi bokschi edi. Hozir raqibim Bivol. U Kovalyovdan kuchli. Haqiqatdan ham yaxshi bokschi. Bu men uchun yaxshi chorlov. Bunday chorlovlar menga motivaciya beradi", - dedi Kanelo.
Havola :
Manba : Allboxing
Fikrlar