20 dek 14:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo bugungi g'alabasidan so'ng yana Golovkinga qarshi jang qilish haqida gapirdi
Supero'rta vazn toifasida WBC va WBA kamarlari sohibi Saul Alvares IBF yo'nalishi chempioni Gennadiy Golovkinga qarshi uchinchi jang haqida gapirdi.
"Men zo'rlar bilan urishmoqchiman. Agar Golovkinga qarshi uchinchi jang imkoniyati taqdim etilsa, buni qabul qilaman. Men eng zo'rlar bilan jang qilishga tayyor ekanligimni ko'rsatdim", - dedi Alvares.
Eslatib o'tamiz, Alvares va Golovkin shu kungacha ikkita jang o'tkazgan. Birinchi jangda durang qayd etilgan bo'lsa, ikkinchi bahsda Saul Alvares ochkolar evaziga ko'ra g'alaba qozongan.
Havola :
Manba : Sports.ru
Fikrlar