25 noy 08:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Kanelo Dmitriy Bivol bilan revansh jangi qaysi vaznda bo'lib o'tishini malum qildi
Supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares yarim og'ir vaznda WVA kamari sohibi Dmitriy Bivol bilan revansh jangini qaysi divizionda o'tkazish niyatida ekanini aytdi.
Eslatib o'tamiz, Kanelo va Bivol o'rtasidagi birinchi jang yarim og'ir vazn toifasida bo'lib o'tgan edi.
"Vazn toifasi o'zgarmaydi. Tamom! Bu masala yopildi", dedi Alvares.
SHuningdek, Kanelo Bivolga qarshi revansh jangida g'alaba qozonishiga shubha qilmasligini aytdi.
"Albatta, men uni mag'lub eta olaman. Bu etiqod masalasi emas, men bilaman va qila olaman. Men birinchi o'rinda Bivolni mag'lub etishim kerak", - deya qo'shimcha qiladi Alvares.
Avvalroq, yarim og'ir vazn toifasida WVA chempioni Dmitriy Bivol sobiq raqiblari Saul Alvares va Xilberto Ramiresni solishtirgan edi.
Havola :
Manba : fightnews_info
Fikrlar