07 jan 19:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo jang qilishni istagan chempionning navbatdagi raqibi va jang sanasi malum
Birinchi og'ir vazn toifasida WBC kamari sohibi Ilunga Makabuning navbatdagi jangi haqida malumot berildi.
CHempion kamarini 29 yanvar kuni Tabiso Mchunudan himoya qiladigan bo'ldi. To'qnashuv Ogayodagi boks kechasining markaziy jangi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares Makabuniga qarshi ringga ko'tarilish istagida ekanini malum qilgandi.
Malumot uchun, Makabu - Mchunu jangi revansh maqomida bo'ladi. Bokschilarning o'zaro ilk jangi 2015 yilda o'tkazilgan bo'lib, o'shanda chempion raqibini 11-raundda nokaut qilgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar