24 dek 12:59
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo keyingi jangini kimga qarshi o'tkazishini aytdi
To'rt vazn chempioni Saul Alvares (54-1-2, 36 KO) keyingi raqibi turkiyalik bokschi Avni Yildirim (21-2, 12 KO) bo'lishini tasdiqladi.
Qarama-qarshilik fevral oyida Meksikada o'tkaziladi. Ushbu jang Kanelo uchun WBC kamarining majburiy himoyasi hisoblanadi. Saul Alvares ushbu kamarni Kallum Smitdan tortib olgan edi.
Eslatib o'tamiz, ushbu vaznda WBC reytingida o'zbekistonlik Aziz Abdug'ofurov oltinchi o'rinda qayd etilgan.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar