17 sen 16:18
Yangiliklar
Boks/MMA

Kanelo: "Men jahondagi eng yaxshisiman, chunki xech kim men kabi tavakkal qilmaydi"
Bokschi Saul Alvares Golovkinga qarshi jang haqida gapirdi.
"Bu Golovkin bilan raqobatimiz ichidagi eng muhim jang bo'ladi. Raqibim buni faoliyatidagi eng so'nggi jangi deb hisoblayotgani uni yanada xavfliroq qiladi. O'zim haqimda gapirsam, men g'alaba uchun ringda barcha ishni qilaman. Albatta har bir jangga g'alaba uchun chiqaman. Bu qarama-qarshiligimiz men uchun muhim, shuning uchun men o'zimdagi 100 foiz imkoniyatni yuzaga chiqarishga harakat qilaman. Birinchi raunddanoq uni nokaut qilishga harakat qilaman.
Ushbu jangda ishtirok etayotganimdan xursandman. Barcha muxlislar bu bahsni ko'rishni istashadi. Men jahondagi eng yaxshi jangchiman. CHunki xech kim menchalik tavakkal qilmaydi. Men qilayotganlarimni qilolmaydi", - dedi Alvares.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar