20 may 19:12
Yangiliklar
Boks/MMA
"Kanelo qarib qolgan" - Mbilli
Ikkinchi o'rta vazndagi WBC chempioni Kristian Mbilli meksikalik Saul Alvares bilan bo'lajak jang haqida fikr bildirdi.
Ular 12 sentyabr kuni Ar-Riyodda jang qiladi.
"Kanelo qarib qolgan. U endi 5-10 yil avvalgi Kanelo emas. Bu normal holat. Bu yigit 15 yoshidan professional boksda. U avvalgidek emas, ammo hali ham xavfli. Hali ham kuchli bokschi. Menimcha, u divizionning top-3 bokschisi qatorida. Lekin u qariyapti. Va men uchun u bilan jang qilishning eng yaxshi vaqti shu", — dedi Mbilli The Ring nashriga.

Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar